Rollar va ruxsatlar
Har bir foydalanuvchiga rol beriladi: egasi, hisobchi, xodim. Egasi hamma kassa va hisobotlarni koʻradi. Hisobchi yozuvlar bilan ishlaydi. Xodim faqat oʻzi kiritgan operatsiyalarni koʻradi. Rol tizim topshirilayotganda kelishiladi va keyin ham oʻzgartirilishi mumkin.
Hech narsa oʻchirilmaydi
Xato kiritilgan yozuv oʻchirilmaydi, bekor qilinadi. Bekor qilingan yozuv hisob-kitobga kirmaydi, lekin tarixda kim va qachon bekor qilgani bilan qoladi. Shu sabab kassa raqami har doim izohlanadi.
Kim nima qilgani koʻrinadi
Har bir qoʻshish, oʻzgartirish va bekor qilish harakatlar tarixiga yoziladi: vaqt, foydalanuvchi ismi va nima oʻzgargani. Egasi bu roʻyxatni istalgan vaqt ochib koʻrishi mumkin.
Kunlik zaxira nusxa
Maʼlumotlar har kuni zaxiralanadi. Zaxira qanchalik tez-tez olinishi va serverlar qaysi hududda joylashgani tasdiqlanmoqda.
Shifrlangan ulanish
Dashboard va Telegram bot bilan aloqa HTTPS orqali, shifrlangan holda ketadi. Parollar bazada ochiq matn koʻrinishida saqlanmaydi.
Maʼlumotlarni olib chiqish
Kirim, chiqim, qarzdorlik va hisobotlarni istalgan vaqt Excel faylga chiqarish mumkin. Maʼlumot sizniki, tizimdan chiqib ketsangiz ham u sizda qoladi.
Kirish nazorati
Dashboardga kirish login va parol orqali. Sessiya muddati tugagach qayta kirish soʻraladi. Ikki bosqichli kirish va parol talablari boʻyicha holat tasdiqlanmoqda.